Huawei 1
Parasportchi Fotima Soipovaga ikki xonali xonadon kaliti topshirildi

Chirchiq shahridagi Iftixor mahallasida Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi Fotima Saipovaga Prezident topshirig‘iga asosan yangi ikki xonali xonadon topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, hudud faollari, nuroniylar sportchining yaqinlari ishtirok etdi. 

Viloyat hokimi Z.Mirzayev boshchiligidagi faollar sportchi va oila aʼzolari bilan suhbatlashib uning yutuqlarini eʼtirof etib, kelgusi faoliyatiga omad tiladi. Shundan so‘ng yangi xonadondagi sharoitlar bilan tanishildi. 

Taʼkidlash lozimki, kuni kecha davlatimiz rahbari 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda velosportchi F.Saipovani shaxsan tabriklagan edi. Shu bilan birga, u Prezidentimiz farmoni bilan erishgan yutuqlari va yurtimizning xalqaro obro‘-eʼtiborini yana-da yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgani uchun, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. 

– Prezident bilan uchrashish men uchun sharaf bo‘ldi, – deydi Fotima Saipova. – Tantanali marosimda ism-familiyamni o‘qishganida hayajondan ko‘zlarimga yosh keldi. Ko‘z oldimga ota-onam keldi. Juda hayajonlandim. Bugun esa viloyat hokimi qo‘lidan yangi uy kalitini oldim. Hammasi go‘yo tushdek bo‘ldi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70306 | Инструменты