Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Shu tariqa, Rossiya rahbari Yo‘ldoshevning «MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Rossiya bilan strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yishga qo‘shgan ulkan hissasini» qayd etdi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yildan buyon O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2024 yil iyun oyida u ushbu lavozimga qayta saylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101903 | Инструменты