Kecha prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tatariston hududlari o‘rtasidagi jadal savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikkala tomon sanoat, investitsiya loyihalari, hududlar darajasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuvda xalqlar o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi. Taʼkidlanishicha, O‘zbekistonda eng ko‘p sonli tatar diasporasi istiqomat qiladi, bu esa tarixiy yaqinlik va madaniy mushtaraklikka asos bo‘lib xizmat qiladi.
Taʼlim sohasidagi hamkorlik doirasida, Tatariston Rossiyada O‘zbekistonning eng yirik taʼlim sheriklaridan biri ekani, bu mintaqada 3,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olayotgani qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kelgusida yana-da rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120216 | Инструменты