Saida Mirziyoyeva "Web Summit Qatar 2024"da qatnashdi

Saida Mirziyoyeva “Web Summit Qatar 2024”da qatnashdi. Bu haqda u o'z Telegram sahifasida xabar berdi

"Kecha Qatarda texnologiyalar bo‘yicha jahondagi eng yirik veb-sammit “Web Summit Qatar 2024” bo‘lib o‘tdi.

Investorlar, jurnalistlar, hamkorlar va boshqa ekspertlar so‘nggi  innovatsiyalar hamda texnologik trendlar, jumladan, sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va barqaror o‘sish masalalarini muhokama qildilar.

Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi. Ammo barcha uchun porloq kelajakka erishishni istasak, hamkorlikdagi loyihalarni va global maqsadlar yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoq zarur", - deya yozgan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты