Huawei 2
Samarqandda O'zbekiston-Germaniya qo'shma xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi

Samarqand shahrida Abu Ali Ibn Sino va Haynrix Shipperges nomidagi O'zbekiston-Germaniya qo'shma xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi nodavlat ta'lim va ilmiy metodik muassasasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Oliy maktab O'zbekistonning Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi tomonidan Germaniyaning Lyudvigsburg amaliy fanlar universiteti va Haymerer professional akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ochilish marosimida taniqli fan va ta'lim namoyandalari, ikki davlat jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O'zaro manfaatlarga asoslangan ushbu hamkorlik tibbiy ta'limni rivojlantirish va sog'liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashni o'z ichiga oladi. Ta'lim muassasasining asosiy maqsadi sog'liqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boshqaruv kadrlarini tayyorlashdan iborat. Tibbiyotga ixtisoslashgan muassasa o'zbek va nemis tibbiyot ta'limining o'zida mujassam etgan ilg'or an'analari, standartlari va amaliyotlarini joriy etib boradi.

Salomatlik oliy maktabi ko'p bosqichli ta'lim dasturini taklif etadi. Nemis tili bo'yicha to'qqiz oylik ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik bosqichi va unda talabalar kelajakdagi kasbiy ta'lim va xalqaro muhitda ishlash uchun zarur bo'lgan nemis tilini yetarli darajada o'zlashtiradilar Uch yillik kasbiy ta'lim – ushbu bosqichda talabalar turli tibbiyot muassasalarida ishlash uchun zarur bo'lgan mutaxacsislik bo'yicha asosiy va maxsus bilimlarni oladilar. 2026-yildan boshlab esa tibbiyot va sog'liqni saqlashni boshqarish yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga yo'naltirilgan yanada chuqurlashtirilgan to'rt yillik bakalavriat va ikki yillik magistratura ta'limi joriy etiladi.

Maktabning asosiy afzalliklaridan biri diplomlarning xalqaro tan olinishidir. Mazkur ta'lim muassasasi bitiruvchilari nafaqat O'zbekistonda, balki Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa ularning kasbiy istiqbollari jug'rofiyasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Tibbiyot fanlari bo'yicha O'zbekiston-Germaniya qo'shma xalqaro oliy maktabining ochilishi mintaqa, qolaversa, butun mamlakat uchun katta ahamiyatga ega. Bu tibbiy ta'limni rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu maktab O'zbekistonning jahon ta'lim makoniga integratsiyalashuvi, zamonaviy sog'liqni saqlashning murakkab muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga qo'yilgan muhim qadamdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты