Huawei 1
Sanjar Valiyev Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbarlik qiladi.

48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.

U nemis va ingliz tillarini biladi.

Sanjar Valiyev 2019-2023-yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o'rniga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016-yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60704 | Инструменты