Huawei 1
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Sayfullayev 1951-yil 3-aprelda Toshkentda tugʻilgan. Oʻzbek madaniyat arbobi, siyosiy va davlat arbobi, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Toshkent madaniyat institutining rektori, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (2017-2018). 2020-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, shuningdek, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Mehnat faoliyati

2005-yildan 2012-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining birinchi oʻrinbosari (madaniyat ishlari boʻyicha).

2017-yil avgustdan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, shuningdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 

2020-yil 20-yanvarda, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi.

U shu vaqtga qadar Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yurityotgan edi. Amaldorning nima sababdan vafot etgani ma'lum emas.

"Uzreport.news" jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90713 | Инструменты