O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31208 | Инструменты