Huawei 2
Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan adabiy festival qatnashchilariga tabrik yoʻlladi

Bugun Boʻstonliq tumanida Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “UzReport” telekanali va “Turonbank” tomonidan xalqimizning suyukli farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni va xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodiga bagʻishlangan adabiy festival tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi. 

"Buyuk shoirning betakror ijodini xotirlash va keng targʻib qilish, shu orqali yoshlarni adabiyotimizga boʻlgan mehrini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning festival qatnashchilariga tabrigini oʻqib eshittirdim.

Davlat rahbarining qutlovida, jumladan, "men Erkin Vohidovdek serqirra isteʼdod egasi, haqiqiy vatanparvar va millatparvar inson bilan zamondosh va maslakdosh boʻlib yashash nasib etganidan baxtiyorman", deb taʼkidlangan. 

Hozirgi kunda yetishib kelayotgan isteʼdodli yoshlarimiz buyuk ustozlarning yoʻlini munosib davom ettirayotganiga mamnuniyat bildirilgan.

Shuningdek, Prezident ushbu adabiy festivalni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatlab, festival ishtirokchilari va tashkilotchilariga, uning gʻolib va sovrindorlariga muvaffaqiyatlar tiladilar", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga