Surxondaryo viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yarash Xudoyqulov Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yarash Xudoyqulov 1994-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – informatika va axborot texnologiyalari.

Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar hokimligi, Transport, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MChJ loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish xizmati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Fayzillo Samatov qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Fayzillo Samatov 1965-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Moliya hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты