O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:
– "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi va "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
– Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:
– O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
– texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
– muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
– inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
– Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90215 | Инструменты