Huawei 1
Xorvatiya Bosh vaziri 2025-yilda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi mumkin

O'zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi shu yilning 22-24-oktabr kunlari tashrif bilan Xorvatiyada bo'ldi

Tashrif chog'ida O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning muhim voqealaridan biri Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralar bo'ldi. Suhbat chog'ida ikki mamlakat o'rtasida turli yo'nalishlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma, energetika, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Xorvatiya hukumati rahbari O'zbekiston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorvatiya Bosh vaziriga 2025-yilda O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish bo'yicha taklifi yetkazildi.

Shuningdek, tashrif doirasida, Xorvatiya Bosh vaziri o'rinbosari, dengizchilik, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkovich, Xorvatiya Tashqi ishlar hamda Qishloq, o'rmon va baliqchilik vazirliklari rahbariyati bilan ham uchrashuvlar o'tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102518 | Инструменты