Zaynilobiddin Nizomiddinovning lavozimdan ozod etilishiga sabab uning salomatligi tufayli boshqa ishga o'tishi bo’ldi.
Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Zaynilobiddin Nizomiddinovning lavozimdan ozod etilishiga sabab uning salomatligi tufayli boshqa ishga o'tishi bo’ldi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident Administratsiyasi rahbari etib 2018-yilda tayinlangan. Unga qadar prezident maslahatchisi – Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112012 | Инструменты