1-iyul holati: Respublikamizda qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan maydon 3,3 mln gektarni tashkil etdi
1 iyul holatiga ko'ra, barcha toifadagi xo'jaliklarda qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan jami maydon 3,3 mln. gektarni tashkil etgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, respublikadagi jami ekin ekilgan maydonning 77,5 % i fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri keladi.
Jami ekin ekilgan maydonning eng ko'p ulushini quyidagilar tashkil etgan:
Donli ekinlar – 48,1 %
Texnik ekinlar – 33,3 %
Ozuqa ekinlari – 7,6 %
Sabzavotlar – 6,4 %
Kartoshka – 2,8 %
Poliz ekinlari – 1,8 %
Qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan jami maydonning eng katta ulushi qo'yidagicha:
Qashqadaryo viloyati – 12,8 %
Jizzax viloyati – 10,8 %
Toshkent viloyati – 10,6 %
Samarqand viloyati – 10,1 %
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты