Huawei 1
1-oktabr holati: Respublikamizda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1237 taga yetdi

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1237 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, respublikamizda ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlar soni 11,9 mingtani tashkil etib, ulardan 11,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 mingtaga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

- Xitoy – 1757 ta
- Turkiya – 1464 ta
- Koreya – 863 ta
- AQSH – 276 ta
- Germaniya – 193 ta
- Boshqalar – 6776 ta

Ma'lumot o'rnida, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar bo'yicha soni:

- Savdo – 371 ta
- Sanoat – 343 ta
- Qurilish – 135 ta
- Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi – 94 ta
- Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar – 53 ta
- Axborot va aloqa – 42 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты