1-oktabr holati: Toshkentda 6650 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1237 tani tashkil etdi.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning eng ko'p ulushga ega bo'lgan hududlar:
Toshkent shahri – 6650 ta
Toshkent viloyati – 1281 ta
Samarqand viloyati – 557 ta
Farg'ona viloyati – 431 ta
Surxondaryo viloyati – 394 ta
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning eng ko'p ulushiga ega bo'lgan davlatlar:
- Rossiya – 2025 ta
- Xitoy – 1757 ta
- Turkiya – 1464 ta
- Qozog'iston – 880 ta
- Koreya – 863 ta
- Hindiston – 285 ta
Alpha version: 0.9.1.19 build 20510 | Инструменты