Huawei 2
“1-oktabr kunidan boshlab chegaradan o'tishga ruxsat berilgan. Lekin hozirgacha chegaradan o'ta olmayapmiz…”

Bugun AOKA press-xolida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari boshqarma boshlig'i o'rinbosari Abdulhamid Abdurahmonov ishtirokida o'tkazilgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

Maxsus komissiya bayoniga asosan 1 oktyabr kunidan boshlab chegaradan o'tishga ruxsat berilgan. Lekin hozirgacha chegaradan o'ta olmayapmiz. Sababini tushuntirib bersangiz.

Davlat chegarasi orqali o'tkazish bir davlatning emas, balki ikki tomonning ruxsati bilan amalga oshirilishini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligi qo'shni davlatlar bilan bu borada bir qator tadbirlar o'tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida, shuningdek, qo'shni davlatlar chegara qo'shinlari bilan kelishgan holda Davlat chegarasidan fuqarolarni o'tkazish masalasida ba'zi natijalarga erishildi.

Jumladan, joriy yilning 1 sentyabridan Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradagi o'tkazish punktlari faoliyati tiklandi, 16 oktyabr kunidan — Afg'oniston Islom Respublikasi, 23 oktyabr kunidan — Qozog'iston Respublikasi bilan chegarada ma'lum bir toifadagi fuqarolarning harakatlanishiga ruxsat berildi.
Turkmaniston tomoni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, kiritilgan cheklovlarni o'zgarishsiz qoldirish fikrini bildirdi. Tojikiston tomoni hozirda ushbu masalani ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining tegishli qaroriga asosan, temir yo'l va havo transportida muntazam reyslar xorijiy davlatlar bilan kelishgan holda yo'lga qo'yilishiga ruxsat berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga