Joriy yilning may oyida qabul qilingan prezidentning tegishli farmoni bilan ingliz tilidan B2 darajasiga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilangandi. Bu bo‘yicha, Raqamli texnologiyalar vazirligi hukumatning tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1-oktabridan ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.
IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplash uchun arizalar Yagona portal orqali jo‘natiladi. Unda quyidagi hujjatlarni ilova qilish kerak:
Arizalar 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi hamda xalqaro IT-sertifikat bilan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikati verifikatsiyadan o‘tkaziladi.
Agar arizachi oldin ham ingliz tili sertifikati bilan xalqaro IT-sertifikat xarajatlariga to‘liq kompensatsiya olgan bo‘lsa, qayta qoplab berilmaydi.
Biroq, ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha oldingi ko‘rsatkichga nisbatan yuqori ko‘rsatkich qayd etib, xalqaro IT-sertifikatning boshqa turini qo‘lga kiritsa, xarajatlar to‘liq to‘lab beriladi.
Loyiha bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalarni joriy yilning 6-sentabrigacha jo‘natish kerak.
Hozir IT-sertifikatlar olish uchun sarflangan xarajatlarning 50%igacha qismi qoplab beriladi. Bunda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71211 | Инструменты