1-sentabr holati: O'zbekistonda vino eksporti qariyb 5 baravarga oshdi
1 sentyabr holatiga O'zbekiston 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan vino eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSH dollariga yoki 4,7 barobarga oshgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan vinoning eng ko'p hajmi Afg'oniston (949,2 ming), Rossiya (432,9 ming), Litva (159,3 ming) va 36,3 ming AQSH dollari bilan Xitoy hissasiga to'g'ri kelgan.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston bu yil Afg'oniston, Litva, Koreya va Estoniyaga birinchi bor vino eksport qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты