Huawei 1
10 oyda O'zbekistonga xorijdan 87 ta elektromobil olib kelindi

2020 yilning 10 oyida O'zbekistonga xorijdan 87 ta elektromobil import qilingan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 58 taga ko'p.
Bu yil Xitoydan – 54 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta, Gruziyadan – 7 ta hamda Germaniya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Chexiya Respublikasi kabi davlatlardan 14 ta elektromobil import qilingan.

O'zbekiston oktyabr oyida xorijdan 5 ta elektromobil sotib olgan.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,2 million AQSH dollari sarflangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga