Huawei 1
10 tupdan daraxt, 10 mln so‘mdan ortiq jarima: Samarqandda archa daraxtlarini kesgan huquqbuzarga chora ko‘rildi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari olib borildi.

Reyd davomida tumanning "Mullako‘rpa" mahallasida yashovchi fuqaro E.M. tomonidan mahalla hududidagi o‘sib turgan ikki tup tuya archa daraxti o‘zboshimchalik bilan kesib tashlanganligi maʼlum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. E.M. BHMning 30 baravari — 10 mln 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, unga kompensatsiya tarzida 10 tupdan manzarali daraxtlar ekish va uni 3 yil davomida parvarishlash vazifasi yuklatildi.

"Unutmang! Respublikamda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy qilingan. Daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat'iyan taqiqlanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga