Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 22-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-18° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты