Huawei 2
11 ta bank kredit ta'tillarini 1-oktabrgacha uzaytirdi

Xabaringiz bor, mart oyida respublikada karantin rejimini joriy qilinishi ortidan Prezident farmoni hamda Markaziy bank ko'rsatmalari asosida banklar o'z mijozlariga kredit kanikullarini taqdim etilishi yo'lga qo'yildi.

Shuningdek, aksar banklar tomonidan jismoniy shaxslarga kredit kanikullari avtomatik tarzda (hech qanday arizalarsiz, bir tomonlama) taqdim etila boshlandi.

Bugungi kunda 11 ta bank kredit ta'tillarini 1-oktabrgacha taqdim qilinishini ma'lum qilishgan.
Bular,
1. Turonbank – batafsil;
2. Davr bank – batafsil;
3. Oriyent Finans bank – batafsil;
4. Aloqabank – batafsil;
5. Qishloq qurilish bank – batafsil;
6. Asaka bank – batafsil;
7. Aziya Alyans bank – batafsil;
8. Infinbank – batafsil;
9. Tengebank – batafsil;
10. Ravnaqbank – batafsil;
11. Trastbank – batafsil.

Qolgan banklarning ayrimlarida o'tgan oylarda bir tomonlama taqdim etilgan kredit ta'tillari muddati o'z yakuniga yetgan bo'lsa, ayrimlarida bu oydan boshlab tugaydi.
Agar ushbu banklarda tegishli Boshqaruv qarorlari qabul qilinmagan bo'lsa, avtomatik ravishda muddati o'tgan kreditlar va ularning foizlari bo'yicha penya hisoblanishi boshlanadi.

Karantin tufayli Siz kredit to'lovlarini to'lay olmayotgan bo'lsangiz yuqoridagi postda yozilganidek harakat qilishingiz lozim bo'ladi, aks holda jarima va penya to'lashingizga ham to'g'ri kelib qolishi mumkin.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga