Huawei 1
16-aprel kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +22 darajagacha ko’tariladi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi.  Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga