18 oktabr – Samarqand shahri kuni
1996 yil 18 oktyabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligi tantanalari doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va bu kunni Samarqand shahri kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ayni shu kuni Samarqandda Sohibqiron Amir Temurning haykali ochilgan. Shundan buyon ushbu kun keng nishonlanib kelinadi.
YUNESKO Bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlangan.
Samarqand shahrida bir qator yirik tadbirlar, jumladan 1997 yildan beri har ikki yilda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o'tkazib kelinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты