Huawei 1
197-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan 2025-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriq ijrosi doirasida Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan bog‘lash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan bugun 12-oktabrdan boshlab, yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi.

Yo‘nalish: «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekati — «Yangi Toshkent» bekati.

Yo‘nalishda 8 ta 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli zamonaviy oq rangli Yutong avtobuslari yo‘lovchilarga soat 05:30 – 22:50 ga qadar xizmat ko‘rsatmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101317 | Инструменты