Huawei 1
2022-yilda birja orqali 304 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

2022-yilda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa – 348,0 mln so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5% – birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8% – ikkinchi, 8% – uchinchi, 11% – to‘rtinchi, 22% – beshinchi va 46% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31%) Samarqand va Qashqadaryo (8% dan), Namangan, Andijon va Surxandaryo (7% dan), hamda Xorazm (6%) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80% – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20% – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62010 | Инструменты