2022-yilda O‘zbekistonda 500 nafarga yaqin shaxs voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazoga tortilgan
2022-yilda O‘zbekistonda 500 nafarga yaqin shaxs voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazoga tortilgan. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, ulardan 23 nafari — 14 yoshga yetmagan shaxsning nomusiga tekkan (O‘zR JK 118-modda 4 qismi), va undan to‘rt barobar ko‘pi — 99 nafari — o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (O‘zR JK 119-m 4-q) holatlari.
249 nafar shaxs 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan (O‘zR JK 128-m).
7 nafar shaxs O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilgani uchun jazoga tortilgan (O‘zR JK 128-1-m.).
91 nafar shaxs O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgani uchun jazolangan (O‘zR JK 129-m.).
Alpha version: 0.9.1.19 build 121715 | Инструменты