Huawei 1
2023-yil so‘rovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi muhandislik sohasini tanlagan

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytirish masalasi juda dolzarb. Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi.

Yoki, “qiyoslash muhandisligi” (benchmarking) orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish o‘rgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini bo‘laklarga bo‘lib, mualliflik huquqini buzmagan holda, o‘xshash mahsulot yaratishni o‘rgatadi.

Prezident birorta texnika oliygohida bularga o‘qitish yo‘lga qo‘yilmaganini afsus bilan qayd etdi.

Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablag‘ sarflab, ishchilarini xorijda o‘qitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur.

Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobar, ya’ni 9 foizdan 42 foizga oshgani bilan yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishi juda pastligi qayd etildi. 2023-yil so‘rovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi shu sohani tanlagan.

Ko‘pgina professor-o‘qituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan. Muhandislik bo‘yicha 9 ming 600 nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan.

Ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘p. Ba’zi universitetlar ilmiy laboratoriyalaridagi uskunaning 50 foizi eskirgan, qo‘shimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты