Huawei 1
2025-yil hosili uchun respublika bo‘yicha 1 million gektardan ziyod maydonlarda g‘alla yetishtirildi

2025-yil hosili uchun respublika bo‘yicha 1 million gektardan ziyod maydonlarda g‘alla yetishtirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Sarvinoz Ismoilova maʼlum qildi.

Bu ishlar 156 ta qishloq xo‘jaligi tumanlaridagi 38 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari va 147 ta g‘allachilik klasterlari tomonidan amalga oshirildi.

O‘rim mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan muntazam monitoring ishlari olib borildi. 3 mingdan ortiq don o‘rish kombaynlari mavsumga to‘liq tayyor holga keltirildi, shu jumladan 195 ta yangi, zamonaviy va yuqori unumli kombaynlar xarid qilindi.

Hosilni o‘z vaqtida va sifatli tashish uchun:

- 14 133 ta yuk avtomobili,

- 1 127 ta ko‘chma yonilg‘i qo‘yish agregati,

- 468 ta ko‘chma taʼmirlash ustaxonalari safarbar etildi.

Respublika bo‘yicha jami 200 ta don qabul qilish maskanlarining moddiy-texnika bazasi 2025 yil g‘alla hosilini sifatli qabul qilishga tayyorlandi.

Barcha qabul maskanlarida “Hosil qabuli” elektron tizimi joriy etildi. Qog‘ozbozlikka barham berilib, yuk xatlari va hisob varaqlari elektron axborot tizimi orqali yuritilmoqda. Tarozilar to‘liq videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53012 | Инструменты