23-iyun holatiga ko'ra, OTMda o'qish uchun 102 ming 115 abituriyent hujjat topshirdi
23 iyun holatiga ko'ra, OTMda o'qish uchun 102 ming 115 abituriyent ro'yxatdan o'tgan, shundan, 58 ming 684 nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.
Kunduzgi ta'lim shakliga 69 ming 670, sirtqi ta'lim shakliga 30 ming 891, kechki ta'lim shakliga 1 ming 554 abituriyent hujjat topshirgan.
Eng ko'p tanlanayotgan OTMlar ham ma'lum qilindi. Unga ko'ra, Andijon davlat universiteti 6 ming 990, Samarqand davlat universiteti 5 ming 955, Toshkent davlat pedagogika universiteti 4 ming 403, Namangan davlat universiteti 4 ming 331, Termiz davlat universiteti 4 ming 137 abituriyent bilan yetakchiliq qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60301 | Инструменты