24 iyun soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6755 (+93) nafarni tashkil etmoqda
Yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo'lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog'aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2176 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 18 nafari og'ir, 4 nafari o'ta og'ir ahvolda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
Alpha version: 0.9.1.19 build 60301 | Инструменты