245 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi

245 ta tashkilotda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan birifingda Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Tohir Abdurashidov maʼlum qildi.

Jumladan, jami 245 ta shundan, 69 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 74 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 31 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda 36 ta davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi to‘liq joriy etildi.

O‘rganishlarga ko‘ra:

— Tanlov (tender) savdolarida raqobat muhiti taʼminlanganligi o‘rganilganda 49 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro affillanganlik va kelishib olingan harakatlar mavjudligi aniqlangan.

— 2 ta holatda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni belgilangan grafik asosida birja savdolariga qo‘yilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan tasirchan choralar ko‘rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70103 | Инструменты