Huawei 1
4 oyda 399,1 ming nafar o‘zbekistonliklar sayyohlik uchun xorijga chiqqan

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2,1 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

qarindoshlarni yo‘qlash – 1,7 mln nafar

sayyohlik – 399,1 ming nafar

davolanish – 15,2 ming nafar

o‘qish – 9,9 ming nafar

xizmat yuzasidan – 4,7 ming nafar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты