Huawei 1
“50 777 ZZZ” raqami O'zbekiston tarixidagi eng qimmat  avtoraqamga aylandi

O'zbekiston tarixida mashina raqami uchun to'langan rekord summa yangilandi. “50 777 ZZZ” davlat raqami Namangan viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan “Chiroyli mashina raqamlari” auksionida salkam 670 million so'mga sotilgan.

Boshlang'ich bahosi 135 million so'm deya baholangan avtomobil raqami kimoshdi savdosi davomida narxi 132 marotaba ko'tarilib, yakunda 669 million 600 ming so'm evaziga sotilgan. Bu Markaziy bank tomonidan 6-may uchun belgilangan dollar kursi (11 132,56 so‘m) bo‘yicha 60 ming dollardan ortiqni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2022-yil yanvar–mart oylarida onlayn auksionlar orqali 86,7 milliard so‘mlik 40 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan.

Izohlar: 10
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60623 | Инструменты