8 oy davomida: O'zbekiston Turkmanistonga dori-darmon eksportini qariyb 29 baravarga oshirdi
2020 yilning 8 oyi davomida O'zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan dori-darmon eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSH dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko'p eksport qilgan davlatlar:
Qirg'iz – 3,4 mln.
Qozog'iston – 2,1 mln.
Afg'oniston – 1,5 mln.
Turkmaniston – 1,2 mln.
Tojikiston – 1,1 mln.
Turkiya – 956,7 ming AQSH dollar
O'zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSH dollariga kam.
O'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko'p import qilgan davlatlar:
Hindiston – 102,9 mln.
Rossiya – 59,9 mln.
Ukraina – 46,1 mln.
Latviya – 46,0 mln.
Xitoy – 34,1 mln.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты