8 oy davomida: O'zbekistonda asal eksporti qariyb 5 baravarga oshdi
O'zbekiston 2020 yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming AQSH dollariga teng bo'lgan 26,3 tonna asal eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston asal eksport qilgan davlatlar:
AQSH – 11,2 tonna
Koreya – 10 tonna
BAA – 3,1 tonna
Quvayt – 2 tonna
Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 8 oyida asal eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 21,2 tonna
Jizzax viloyati – 3,1 tonna
Samarqand viloyati – 2 tonna
Namangan viloyati – 0,1 tonna
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты