Huawei 2
8 oy ichida: O'zbekiston Italiyadan 1,3 mln dollarga mebel mahsulotlarini import qildi

Joriy yilning 8 oyida O'zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 57,2 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,9 mln. AQSH dollariga ko'p.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Koreya (26,6 mln.), Xitoy (8,6 mln.), Turkiya (8,6 mln.), Rossiya (4,1 mln.), Litva (1,6 mln.), va 1,5 mln. AQSH dollari bilan Ukraina hissasiga to'g'ri kelgan.

Ma'lumot o'rnida, bu yil O'zbekiston 46 (o'tgan yilning shu davrida 51 ta ) ta xorijiy davlatlardan mebel mahsulotlarini import qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga