8 oyi davomida: Qozog'istonga shisha idish va buyumlar eksporti qariyb 11 baravarga oshirilgan

2020 yilning 8 oyi davomida O'zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,6 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 8,4 mln. AQSH dollariga yoki 3,6 baravarga oshgan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston shisha idish va buyumlarni eng ko'p eksport qilgan davlatlar:

Qozog'iston –  7,4 mln.
Turkmaniston – 1,9 mln.  
Tojikiston – 976,5 ming
Qirg'iz – 589,7 ming
Gruziya – 435,4 ming  
Rossiya – 204,1 ming AQSH dollari

Ma'lumot o'rnida, 2020 yilning 8 oyida O'zbekiston Qozog'istonga qiymati 7,4 mln. (o'tgan yilning mos davrida 685,7 ming) AQSH dollariga teng bo'lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты