Huawei 1
9 oy ichida O'zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilindi

O'zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan.

2020 yilning 9 oyida O'zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko'p.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSH dollari sarflangan.

Комментарии: 0
Вы не авторизованы
Добавить комментарии без регистрации

Вверх