Huawei 1
"Agar bemorni mehr bilan davolasangiz, o‘zi rozi bo‘lib barakasini berib ketadi" - Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov

Namanganda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishtirokida bo‘lgan ochiq muloqotda jurnalist vazirga tizimda korrupsiyani bartaraf etish uchun shifokorlarning oyligini oshirib, ularga yaxshi sharoit qilish kerakligi taklifini berdi.

Vazir esa bunga javoban oylikni birdaniga oshirishni imkoni yo‘qligini, rahbar shifokorlar hozir bemorni yaxshi davolab ham pul topolishini aytdi.

"Biz rivojlanayotgan davlatmiz. Shifokorlarning oyligini birdaniga 2000-3000 yoki 5000 dollar qilolmaymiz. Muammo ko‘p. Lekin bu sekin-asta bo‘lyapti. Men rahbar shifokorlar haqida gapiryapman. O‘zim ham operasiya qilaman. O‘zim ham operatorman. Agar bemorni mehr bilan davolab, unga to‘g‘ri yondashsangiz, bemorning o‘zi rozi bo‘lib, so‘ramasangiz ham sizga barakasini berib ketadi. Ochiq oydin aytyapman, vazir sifatida bu gapni aytish to‘g‘ri bilmayman", - deydi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov.

"Vaqti-soati keladi, 1−2 yoki 5 yildan keyin 5−10 ming dollar oladigan kun kelar. Buning uchun har bir tashkilot rahbarining o‘zida gap ko‘p. Nima uchun? Men o‘zimni oldingi tashkilotim [Buxoro davlat tibbiyot instituti]da rektor bo‘lib ishlagan paytimda, bundan 5−6 yil oldin, xodimlarim bugun 10 mlndan 30 mln so‘mgacha oylik olayapti. Shunaqa sharoit qilib berganman. Shunaqa pul topish yo‘llarini qilib berganman. Rasmiy (qonuniy — tahr.) pul topamiz va shundan kimni ishiga qarab, pulni taqsimotini qilamiz. Marhamat, hamma rahbarga bu vakolat berilgan. Bu rahbarning shaxsiga ham bog‘liq. Buning uchun rahbar toza bo‘lishi, to‘g‘ri ishlashi, o‘zidan boshlashi kerak. Barcha parametrlar bo‘yicha o‘zi namuna bo‘lishi lozim", — deya so‘zini yakunladi Inoyatov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga