Huawei 1
Aktrisa Halima Ibragimova vafot etdi

Komik aktrisa, “Mirzo” teatri a’zosi Halima Ibragimova 7-dekabr kuni 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mirzabek Holmedovni o‘g‘li Ulug‘bek Holmedov va O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘z Instagram sahifalarida ma’lum qildi.

"Mirzo teatri"dagi manba aktrisa vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. O‘lim sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Halima Ibragimova so‘nggi bor 25 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir betob bo‘lgani haqida aytgandi.

Halima Ibragimova 1979 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

U ko‘p yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada ishlagan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.

Uzreport.news tahririyati aktrisaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71610 | Инструменты