Endilikda energiya ishlab chiqarish va sotishda monopol mavqe bo‘lmaydi, deb xabar berdi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.
Qayd etilishicha, O'zbekiston energetika sohasiga jiddiy o'zgarishlar olib kiradigan “Energetika to'g'risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o'qishda ma'qullandi.
"Men qanday qilib operatorni almashtirishim mumkin? Hozir telefonda masalan bilayndan noroziman mobi.uzga o'tib ketamanku, xuddi shunday qilib menga elektr energiya yetkazib berayotgan kompaniyadan norozi bo'lsam, almashtirish imkonim bo'ladimi yoki bo'lmaydimi?
Masalan, "Uzbekenergo" menga 990 so'mdan bir kilovatt elektr energiya yetkazib bersa, men noroziman. Chunki "Masdar" 700 so'mdan elektr energiya taklif qilyapti misol uchun. Olaman va shartnomani "Masdar" bilan qilaman. Mobil aloqada xizmat ko'rsatadigan kompaniyani tanlaganingizdek energiya sotadigan kompaniyani ham tanlash huquqingiz bo'ladi. Energiya ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar orasida raqobat bo'ladi. Amaldagi qonunda bu taqiqlangan edi", — dedi deputat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты