Huawei 2
Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma’lum qilindi

Markaziy dehqon bozorlarida 30-iyun holati bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari taqdim etildi.

Mol  go‘shti 38 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha

1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (38 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 so‘m) kuzatilgan.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

Kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 500 so‘m).
Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 500 so‘m) kuzatilgan.

Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (750 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi  Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan.
Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 500 so‘m) kuzatilgan.

Tuxum 5 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etilgan (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) aniqlangan.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etilgan.
Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga