“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Dang‘ara tumani “Navbahor” MFYda joylashgan"A. M." MCHJga qarashli alyuminni qayta ishlash sexida hisoblagichdan tashqari yashirincha bay-pas gaz quvuridan noqonuniy holatda tabiiy gazdan foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 805 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60619 | Инструменты