Andijon viloyati xorijga 7,1 ming tonnadan ziyod qovun sotdi
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O'zbekiston qiymati 14,7 million AQSH dollariga teng bo'lgan 38,5 ming tonna qovun eksport qilgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda yetishtirilgan qovunlar 16 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog'iston (13,1), Qirg'iz Respublikasi (12,4) va Rossiya Federatsiyasi 5,0 ming tonna ko'rsatkich bilan yuqori ulushga ega.
Qayd etish joiz, bu yil Niderlandiya, Moldova, Chexiya va Gruziya davlatlariga birinchi bor qovun eksport qilingan.
Ma'lumot o'rnida, eksport qilingan mazkur qovun mahsulotining eng ko'p ulushi Jizzax (7,6 ming tonna), Andijon (7,1 ming tonna), Farg'ona (5,1 ming tonna), Namangan (4,6 ming tonna) va Sirdaryo (4,0 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to'g'ri keldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты