Huawei 1
Andijonda qoramollarda uchrayotgan yangi kasallik turi haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qoramollarda yangi kasallik uchrayotgani va Andijondagi qoramol va chorva bozorlari tozalov uchun yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, Andijondagi qoramollarda yangi kasallik turi aniqlanmagan, “yangi”, deb aytilayotgan kasallik turi Andijondagi qoramollarda mavjud emas.

“Bugungi kunda viloyatimizda epizodik vaziyat barqaror. Barcha tuman va shaharlarimizda shtablar tashkil qilingan bo‘lib, doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, bozorlar veterinariya mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilib, iste’molga chiqarilmoqda”, dedi Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Qayumov.

Qo‘shimcha qilinishicha, kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты