Huawei 1
Angren va Chirchiq shahrida maktab jihozlari uchun ajratilgan mablag‘larni talon-taroj qilganlar ushlandi

Prokuratura departamentining xabariga ko'ra, MCHJ rahbari Angrendagi maktab-internati direktori bilan ushbu maktabga 474,3 mln so‘mlik maktab jihozlarini yetkazib berilgani haqida sohta hujjat tuzishgan. 

Buning natijasida ular davlat budjetiga  474,3 mln so‘mlik zarar keltirib, pullarni o'zlashtirib yuborishgan.

Shu kabi, yana bir MCHJning 2 nafar xodimi Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori bilan o‘zaro til biriktirgan. 

So'ng ushbu MCHJ tomonidan maktabga aslida yetkazib berilmagan ofis mebellarini qabul qilib olganligi yuzasidan hujjatlarni soxtalashtirilgan. 

Natijada ular bu ishi orqali 124,2 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72509 | Инструменты