Huawei 2
Apellyatsiya shikoyatini qabul qilish masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasiga berildi

Apellyatsiya shikoyatini qabul qilish masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasiga berildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov maʼlum qildi.

Plenum qarorida apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) yo‘llash va yuborish, ishni ko‘rgan sud esa shikoyatni (protestni) ish bilan birga viloyat va unga tenglashtirilgan sudga yuborish tartibi yuzasidan aniq tushuntirish berilgan.

Qarorda sud hujjatini qabul qilgan sud berilgan shikoyatni (protestni) protsessual qonunning biron-bir talablariga mos emasligi asosi bilan qaytarish masalasini hal qilishga haqli emasligi tushuntirilgan.

Plenum qarorida shikoyat (protest) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, ish bo‘yicha boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddat, o‘tkazib yuborilishi sabablaridan qatʼi nazar, tiklash to‘g‘risidagi masalani qo‘shimcha ravishda hal qilish talab etilmasligi ham batafsil tushuntirilgan.

Bunday shikoyat (protest) tegishli talablarga rioya etgan holda apellyatsiya, kassatsiya muhokamasi tugaganiga qadar shu instansiya sudiga berilishi mumkin va umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.

Plenum qaroridagi asosiy tushuntirishlardan yana biri protsessual qonunchilikka kiritilgan yangi protsessual harakat, yaʼni faqat apellyatsiya, kassatsiya instansiya sudlari vakolati hisoblangan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish tartibidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga