Apple o'zining shaxsiy protsessorini taqdim qildi
WWDC konferensiyasida eng mashhur korporatsiya Apple o'z kompyuterlari uchun shaxsiy protsessor – Apple Silicon’dan foydalanishi haqidae'lon qildi.Ushbu yangi protsessor ustida 10 yildan ortiq mehnat qilindi.
Yangi protsessorning yangi xususiyatlari
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, shaxsiy mahsulot qurilmalar samaradorligini oshiradi va quvvat sarfini qisqartiradi. Kompaniyaning barcha ilovalari, xususan Final Cut Pro ham Apple Silicon’ga moslashtirildi. Ushbu yangilikni professional dizaynerlar yuqori baholashlari kerak. Chunki, foto va videolarni qayta ishlash yanada tezlashadi. Qolaversa, yangi chiplarga sun'iy intellektga o'xshash bir qator ishlanmalar o'rnatilgan.
Xabarda aytilishicha, yangi turdagi protsessorlarga o'tish sekin-astalik bilan amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini yangi protsessorga to'liq o'tkazishga ulgurishmasa ham ularni ishga tushirishadi. Yangi protsessorning o'ziga xos tomoni shundaki, u iOS va iPadOS uchun ilovalarni «quti ichidayoq» ishga tushira oladi. iPhone’dan foydalanishda ko'nikib qolgan ilovalaringizni yuklang va ulardan Mas kompyuterlarida ham foydalanavering.
Apple Silicon protsessorli kompyuterlarni 2020-yilning yakunlariga qadar ishga tushirish va'da qilinmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60301 | Инструменты